Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA 2 NAFAR UY-JOYGA MUHTOJ DEB TOPILGAN YETIM VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARGA UY-JOYLAR TOPSHIRILDI
2023-11-18 13:12:21 412
Etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar doim e’tiborda
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimligi tomonidan 2 nafar uy-joyga muhtoj deb topilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga Farg‘ona va Marg‘ilon shahridan 2 ta zamonaviy, to‘liq jihozlangan uy-joylarning ramziy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari F.Qosimov, tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, tegishli idoralarning mas’ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Viloyat hokimining o‘rinbosari F.Qosimov va tuman hokimi I.Novikovlar yangi uy-joy egalarini muborak etishib, kelajakda Vatan ravnaqi va rivojiga munosib xissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishlariga tilak bildirdilar.
O’z navbatida uy-joy olgan yoshlar ham avvalom bor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga chin yetimlarga qilingan e’tibori uchun hamda shunday uy-joylarni olib berishga o‘z xissalarini qo‘shgan barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.