Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVLAT BAYROG‘I TO‘G‘RISIDAGI QONUN QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN QO‘SHTEPADA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
2023-11-18 12:45:07 416
Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mehnat faxriylari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek tadbir davomida viloyat hokimligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Vodiy1.uz nashri bilan hamkorlikda 18 noyabr - davlat bayrog‘imiz qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Bayrog‘im – faxrim, g‘ururim” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritganligi uchun 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2 a sinf o‘quvchisi Abdumo‘minova Mehrangiz Abdubannob qizi faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.
Shundan so‘ng, tadbirning teatrlashgan musiqiy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalir tomonidan vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.