Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIBBIYOT XODIMLARIGA EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2023-11-17 13:54:51    277

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “O’qchi saroyi” to‘yxonasida tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimligi, sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbar va xodimlari, sohada ko‘p yillar mehnat qilgan faxriylar hamda eng faol tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Ilyosbek Novikov barcha sog‘liqni saqlash xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlab, ularning fidokorona mehnat faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, endilikda tibbiy xizmatning asosiy vazifasi kasalliklarni davolash emas, balki ularning oldini olishga, aholining salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, uzoq umr ko‘rishiga hissa qo‘shishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida samarali mehnat faoliyati va alohida xizmatlari bilan o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tuman tibbiyot xodimlariga tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tibbiyot xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil qilinib, tuman Madaniyat bo‘limining taniqli san’atkorlari ishtirokida kontsert dasturi tashkil etilib, ishtirokchilar kayfiyatiga xush kayfiyat ulashildi.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram