Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2023-11-17 08:26:11 273
18 noyabr – O’zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
18 noyabr – O’zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan Qo‘shtepa tumani hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bayram arafasida Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi davrida front ortida xizmat qilgan, hozirda 90 yoshni qarshilayotgan Yusufjon ota Dadajonov xonadoniga maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Tashrifdan ko‘ngi tog‘dek ko‘tarilgan Yusufjon ota Dadajonov suhbat davomida yoshlarga urush davridagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, mustaqilligimizni qanchalik ulug‘ ne’mat ekanligi va davlat ramzlarimizning qadr-qimmati bebaholigini ham tilga olib, yoshlarga o‘z maslahatlari va o‘gitlarini berdi.