Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2023-11-17 08:02:12 281
Yong‘in xavfsizligi oyligi – ogohlikka chorlaydi!
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Qo‘shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan aholi yashash honadonlari, ta’lim tashkilotlarida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
O’rganishlar davomida fuqarolarga yong‘inlar, is gazidan hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi kabi holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda sohaga daxldor tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda “Dehqon bozori” hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.