Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUZ QISHGA TAYYORGARLIK

×

 2023-11-13 08:04:47    285

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda sohaga daxldor tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda “Dehqon bozori” hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi hamda gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tuman FVB xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Langar shifoxonasida tungi tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida ishchi xodimlarga is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi hamda gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram