Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

×

 2023-11-08 16:03:05    429

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.

Ishtirokchilar press-tur davomida tumandagi “Voddiy Mukammal” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Qo‘shtepa tumanida joylashgan “Voddiy Mukammal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi tashkil etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 5,0 mlrd.so‘m bo‘lib, jami mablag‘lar tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobdan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda korxonada 60 nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat olib borishmoqda.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni asosan MDX, YEvropa davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda hamkorlar bilan kelishuv ishlari amalga oshirilmoqda.   

Shuningdek, press-turdan so‘ng tuman hokimligida jurnalist va blogerlar uchun “Qo‘shtepa tumanida tashkil etilgan kichik sanoat zonalari faoliyati” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Matbuot anjumanida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar olishdi. 









 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram