Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2023-11-02 15:16:18 362
Bugun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida tumanda oilaviy ajrimlar hamda jinoyatchilikni oldini olish, tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova, tuman hokimligi va IIBning mas’ullari, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, kayvoni onaxonlar-u, jamiyatimizning faol ayollari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldashevaning tumanda oilaviy ajrimlar hamda jinoyatchilikni oldini olish, tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi va taxlil qilindi. Ushbu masala yuzasidan faollarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlar ishtirokida “Xotin-qizlar yashil makon uchun” shiori ostidagi ko‘chat ekish tadbiri ham o‘tkazildi. Tadbir davomida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova boshchiligida maktab hududiga daraxt ko‘chatlari, ko‘p yillik manzarali gullar ekildi.