Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAKKIZ SOTIX TOMORQADAN 30 MILLION SO‘M QO‘SHIMCHA DAROMAD
2023-11-02 09:09:51 366
Tomorqa – daromad manbai
Qo‘shtepa tumanida joylashgan “Vatan” MFYning asosiy drayveri uzum yetishtirish bo‘lib, aholi xonadonlarida yetishtirilayotgan shirin-shakar, sarxil uzumlar ancha mashhur.
– 2750 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan mahallamizda har bir oila o‘z tomorqasidan yaxshi daromad oladi, – deydi “Vatan” MFY hokim yordamchisi Asqarali Madumarov. – Mahallamizda yerdan unumli foydalanib, yetishtirgan mahsulotini xorijga eksport qilayotgan mirishkor oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Bugungi kunda ushbu mahallada tomorqadan samarali foydalanib, oilasi farovonligini yuksaltirayotgan va bozorlarimiz to‘kin-sochinligiga munosib hissa qo‘shayotgan oilalar talaygina.
Parvoz ko‘chasida istiqomat qiluvchi Zamiraxon Niyozova mahalladagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bir necha yil o‘qituvchilik qildi. U ishdan bo‘sh vaqtlarida oila a’zolari bilan birga tomorqasidan unumli foydalib keldi. Zamiraxon Niyozova hozirda qarilik nafaqasiga chiqqan bo‘lsada, tinib-tinchimaydi. Uyda bo‘lgani uchun tomorqadagi sakkiz sotixli uzumlarga ko‘proq o‘zi qaraydi.
– Bu yil ham biz dehqonlar uchun juda barakali keldi. Xovlimizga ekilgan “Xusayni” navli uzumlarning har bir kilosini 17 ming so‘mdan sotib, oilamiz bilan 20 million so‘m daromad oldik – deydi Zamiraxon Niyozova.
Ha, aytgancha Zamiraxon Niyozova uzum parvarishlash bilangina kifoyalanib qolmay, ishkomlar ostiga xrizantema navli gullarni ham ekib parvarishladi. Ko‘zni quvontirgan anvoyi gullar ushbu oilaga yana qo‘shimcha 10 million so‘m daromad olib keldi.