Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI OLGAN XOTIN-QIZLAR TIKUVCHILIK FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YMOQDA

×

 2023-10-27 11:03:50    676

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanida 2023 yilda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek ehtiyojmand oila vakillari bo‘lgan 67 nafar xotin-qizlarga Mahallabay ishlash agentligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatilgan.

Xususan, “Loyson” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 3 nafar ayollarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgan. Hozirda ular o‘z xonadonlarida buyurtma asosida ayollar kiyimlari, ko‘rpa va to‘shak qoplamalari tayyorlab mahalliy bozorlarga sotib daromad topmoqdalar.

Yaqinda Inoqlik ko‘chasida yashovchi, “Ayollar daftari”ga kritilgan fuqaro Maxfuzaxon Radjapovaga ham subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Maxfuzaxon ham oilasiga daromad olib kirish maqsadida o‘zining tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.



Shuningdek, mahalladagi kam ta’minlangan va ehtiyojmad xotin-qizlarning 3 nafariga 1 sotix yerga subsidiya asosida issiqxona qurib berilgan bo‘lib ularning bandligi ham ta’minlangan.

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram