Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN

×

 2023-10-26 09:04:10    269

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tumanda ijtimoiy-ma’naviy hamda diniy muxitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik va millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, shuningdek, mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri M.Xolmatov hamda Respublika ma’naviyat targ‘ibotchisi Sh.Turdiboyevlar qatnashdilar.

Tadbirda so‘z olganlar bunday tadbirlarning ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, suhbat davomida Respublika ma’naviyat targ‘ibotchisi Sh.Turdiboyev yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilish, ularning qalbida Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni ularning qalblariga singdirish, islom dinining mohiyati, din niqobi ostidagi harakatlar, dunyodagi vaziyat, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-xotirjamlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida tarbiyaviy ruhdagi “Tinchlik qadri” deb nomlangan videorolik ham namoyish etildi.









 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram