Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI”BAYRAMI MUNOSABATI BILAN QO‘SHTEPA TUMANIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-10-25 18:24:56    289

PDF yuklash
Chop etish



25 – oktyabr “Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni” munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov sektor rahbatlari so‘zga chiqib tumanimiz hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani, bunda har bir xodimning alohida o‘rni borligini e’tirof etishib, bayram bilan samimiy tabriklashdi.

Shuningdek tadbirda so‘z olgan tuman IIB boshlig‘i Iqboljon Xamroqulov 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan yo‘llangan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning soha xodimlari hamda faxriylariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda tumanimiz hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlarning bir guruhiga 25 oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tuman hokimligi va “FERGANA GLOBAL TEXTILE" MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

 















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram