Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ BILAN HAMNAFAS: SEKTOR RAHBARLARI SHOMIRZA MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

×

 2023-10-24 11:54:19    333

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanining Shomirza mahallalasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan bugun, tumandagi sektor rahbarlari va xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor qabul ham Shomirza mahallasida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida bo‘lib o‘tdi.

Unda hokim o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, tumanimizning boshqa mahallalarida yashovchi fuqarolar ham o‘z muammolariga yechim topish maqsadida ishtirok etishdi. 

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. 20 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan qabul davomida ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam hamda bolalar nafaqasini olish va boshqa masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi. Sektor rahbarlari barcha masalalarni birma-bir o‘rgandi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Darhaqiqat, bu kabi qabullar rahbarlarning xalq bilan hamnafasligini, qolaversa fuqarolarning adolat izlab idorama-idora yurishi yoki tuman markaziga ovora bo‘lib kelib-ketishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram