Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN O’ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!
2023-10-21 08:48:20 451
1989 yilning 21 oktyabr kuni “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O’zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 10 aprel kuni imzolangan “O’zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga binoan, 21 oktyabr O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Avvalambor barchangizni Qo‘shtepa tumani hokimligi nomidan bugungi ayyom - O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz to‘rt yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Go‘zal va betakror ona tilimizning ziyosi qalblarimizni hamda tafakkurimizni yoritib tursin.
Barchamizga O’zbek tili bayrami kuni qutlug‘ bo‘lsin!