Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA O’ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUNNING 34 YILLIGI KENG NISHONLANDI (FOTO)
2023-10-20 13:14:38 410
Qo‘shtepa tumanida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Xususan, tuman Madaniyat markazida 21 oktyabr – “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan bayramona ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bayram tadbirida tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Axrorjon Yunusov O’zbek tili bayrami bilan barchani muborakbod etib, tilimizning bugungi kundagi nufuzi va mavqeyi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng tumanimizda o‘z ona tilining obro‘sini oshishi yo‘lida beminnat xizmat qilayotgan bir guruh fidoyilarga tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida tuman madaniyat uyining san’atkorlari va xavaskorlar tomonidan ijro etilgan she’r, qo‘shiq, raqs hamda sahnalashtirilgan ijodiy chiqishlar barcha ishtirokchilarda ko‘tarinki ruh va faxr-iftixor uyg‘otdi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qoladi.