Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT 

×

 2023-10-18 18:02:13    431

PDF yuklash
Chop etish


 

Ishtimoiy tarmoqlar orqali Qo‘shtepa tumani “Quvurboshi” mahallasidan elektr ta’minotiga oid kelib murojaatga asosan, quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mamlakatimiz bo‘ylab joriy yilning 13-oktyabr kuni kuzatilgan kuchli shamol natijasida Qo‘shtepa tumanini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ayrim uzatmalarda favqulodda avariyali uzilishlar kuzatilgan.

Tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan olib borilgan say-xarakatlari natijasida uzatmalar orqali qisqa vaqt ichida elektr energiyasini yetkazib berilishi tiklangan.

Bundan tashqari, tumanning “Quvurboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi uzatmada ham kuzatilgan favqulodda uzilish mutahassislar tomonidan bartaraf etilgan bo‘lib, ko‘p o‘tmay tarmoqda qayta uzilish yuzaga kelgan.

Mazkur uzilishni bartaraf etish uchun tuman elektr ta’minoti korxonasidan hamda "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJdan qo‘shimcha brigadalar jalb etilgan.

Ayni vaqtda tarmoq orqali barcha iste’molchilar elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

O’z o‘rnida bunday favqulodda uzilishlarni o‘z vaqtida bartaraf qilish, oldini olish uchun jamiyatimiz tomonidan tegishli choralar ko‘rilayotganligini bildiramiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram