Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YAPONIYA ELCHIXONASI VAKILLARI QO‘SHTEPA TUMANIDA

×

 2023-10-17 11:12:07    426

PDF yuklash
Chop etish


 

Yaponiya va O’zbekiston o‘rtasida do‘stlik aloqalari asrlar osha davom etib kelmoqda. Birgina misol, Yaponiya hukumatining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi” doirasida ijtimoiy soha ob’ektlari xususan maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash tizimiga yapon xalqining beg‘araz yordami asosida zamonaviy jihozlar bilan jihozlash loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jami 89.0 ming AQSh dollar miqdorida mablag‘ ajratilib beg‘araz yordam ko‘rsatilgan. Shundan tumandagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 40.0 ming AQSh dollari miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatilib, mebel hamda o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.

Bugun, 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Yaponiyaning O’zbekistondagi elchisining yordamchisi Takita-Sato Tae xonim hamda elchixonaning Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi koordinatori  Nana Maruyama xonimlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlar tuman hokimi Ilyos Novikov va viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, shuningdek tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirokida, milliy urf-odatlarimizga ko‘ra non-tuz bilan kutib olindi. Shundan so‘ng muassa tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.

Musiqiy tadbirdan so‘ng mehmonlar muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.













 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram