Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
15 OKTYABR - XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI QO‘SHTEPA TUMANIDA KENG NISHONLANDI
2023-10-16 08:16:11 399
15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida mazmunli tadbirlar tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davomida qishloq xo‘jaligining rivojlanib borishi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloqlarning obodligi va farovonligini oshirishda ayollarning qo‘shayotgan hissasi va o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shunday tadbirlar paxta dalalarida ham bo‘lib o‘tmoqda. Bayram munosabati bilan tumandagi “Xovoxon Xurshidabonu” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi. Tuman rahbari ayollarimizni bayram bilan tabriklab, jamiyatimizda qishloq ayollarining o‘rni bo‘lakligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.