Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-10-12 14:34:10    482

PDF yuklash
Chop etish


 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo‘shtepa tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari orasida tuberkulyoz kasalligiga chalingan o‘quvchi qayd etilganligi, maktab hamshirasi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkizib sog‘liqlarini nazoratga olmaganligi haqidagi xabar tarqatildi. Ushbu murojaat yuzasidan Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O.Murodov quyidagilarni ma’lum qiladi:

- Murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holat to‘g‘ri bo‘lib, ushbu mazkur umumta’lim maktabining 7-sinfida ta’lim oluvchi 2010 yilda tug‘ilgan I.E shaxsda tuberkulyoz kasalligi aniqlangan. Ushbu shaxs tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida Bronxial astma tashxisi bilan 2021 yildan dispanser nazratida turib, reja jadval asosida ambulator va statsionar sharoitlarda sog‘lomlashtirish va davolanish tadbirlari olib borilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 21-fevral kunidagi 37-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 4-ilovaga muvofiq, surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan 18-yoshga barcha tizim a’zo kasalliklari bor bolalar to‘liq tibbiy va instrumental tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilangan.

Mazkur tartib doirasida bemor I.E. 2023 yilning 3-iyul kuni profilaktik ko‘ruv jarayonida o‘pka satxi flyurografik tekshiruvdan o‘tkazilib ftiziatr ko‘ruvi uchun yuborilgan. Mutaxassis tomonidan bemorga balg‘am tahlili topshirish tavsiya etilgan. Balg‘am tahlili 2 xil usulda olish tartibi bo‘yicha olingan. Oddiy usuldagi balg‘am tahlilida musbat natija aniqlanmagan. Gene Xpert MRB RIF usulida olingan balg‘am tahlili ekish usulida olinib, Marg‘ilon tumanlararo 2-son ftiziatriya-pulmonologiya dispanserida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra bemor I.E. da kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan. Ushbu muassasa tomonidan balg‘am tahlili Toshkent ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish institutiga yuborilgan. Ilmiy tekshirish insitutida 29-sentyabr 2023 yil kuni bemorda “Lokalizatsiyasi xususida aniqlik kiritilmagan bakteriologik va gistologik tasdiqlangan nafas a’zolari tuberkulyozi” (MKB 10 A15-9) tashxisi tasdiqlangan.

Bemor I.E. kasallik tasdiqlangan kundan boshlab Farg‘ona viloyati ftiziatriya pulmonologiya markazi bolalar bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 40-sonli umumta’lim maktabidagi bolalar va bemorning oila a’zolari to‘liq tekshiruvlardan o‘tkazilganida kasallik aniqlanmadi.

Bemor taxsil oluvchi maktabda va bemorning yashash xonadonida sanitariya qoidalariga rioya etgan holda joriy va yakuniy zararsizlantirish ishlari olib borildi. Kasallikning kelib chiqishi, uning belgilari va kasallikdan saqlanish yuzasidan mutaxassislar tomonidan targ‘ibot va tashviqot ishari olib borildi.

Hozirda bemor shifoxonada davo muolajalarini davom ettirmoqda. Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni ta’lim olishlari uchun barqaror sanitariya rejimi to‘liq ta’minlangan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram