Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PAXTA 2023

×

 2023-10-07 10:32:55    477

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepalik mirishkorlarning bu yilgi paxta hosilidan ko‘ngli to‘q. Chunki terim boshidanoq juda ko‘p fermer xo‘jaliklari paxta rejasini bajarishdi. Ayni kunlarda ham paxta terimi qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Qumtepa Qamishtepa MMTP hududidagi “Hayotjon Ismoiljon o‘g‘li” fermer xo‘jaligidagi manzara odamning bahri dilini ochib yuboradi. Xo‘jalik a’zolar erta bahordan 48.3 gektar maydonga paxta ekib, 169 tonna paxta topshirishni rejalashtirgan. Fermer xo‘jaligi paxta tayyorlash shartnoma rejasini bajarish arafasida turgan bo‘lsada hali dalada hosil juda mo‘l.

Mavsum davomida terimchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash hamda boshqa zarur sharoitlarni yaratib berish fermer xo‘jaligining zimmasida. Ishchi va hasharchilarning mehnat haqlari ham o‘z vaqtida to‘lab borilmoqda. Mavsumda faol ishtirok etib, belgilangan normada paxta terganlar muntazam ravishda rag‘batlantirilmoqda. Mavsum boshlangandan buyon ko‘ngilli hasharchilar ham paxta dalalarida javlon urmoqdalar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram