Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BIR MAHALLA – BIR MAHSULOT”

×

 2023-10-06 12:54:24    562

PDF yuklash
Chop etish



O’qchilik 450 nafardan ziyod xotin-qizlar yashikchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda

Qo‘shtepaning O’qchisi yashikchilar mahallasi sifatida tanilgan. Qishloqning rivojlanish drayveri hisoblangan yog‘ochni qayta ishlash bilan aholi yilning barcha fasllarida shug‘ullanadi.

Mazkur hududdagi qay bir xonadonga kirmang, yashik mixlayotgan yoshu qariga ko‘zingiz tushadi. Bu ish juda murakkab bo‘lmaganligi uchun xotin-qizlar ham bemalol shug‘ullanishadi. Eng asosiysi, ushbu mehnat orqasidan har bir oilaning ro‘zg‘ori butligi, oilasi farovonligi ta’minlanmoqda.

Ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mahalladagi 450 nafardan ziyod xotin-qizlar o‘z uylarida yashik tayyorlash bilan shug‘ullanishadi. Demak, bir kunda bitta ayol o‘rtacha 200 tagacha yashik tayyorlasa, 120-150 ming so‘m daromad topadi. Bu ishning yana bir afzal tomoni ayollar o‘z uylarida yoki mahalladoshinikida ishlaydi. Qolaversa, uy ishlariga ham bemalol vaqt ajrata oladi.

Qisqasi, bugun respublikamiz miqyosida ommalashtirilib, hayotga tatbiq etilayotgan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili O’qchi mahallasida ancha yillar oldin boshlangan.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram