Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

- TOMORQAMIZ BIZNING OLTIN XAZINAMIZ – DEYDI O‘QCHILIK HIKMATXON OPA RO‘ZMATOVA

×

 2023-10-04 09:45:44    591

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi “O’qchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Hikmatxon opa va Yusufbek aka Ro‘zmatovlar yolg‘iz yashashayotganliklari tufayli mahalladagi yakka-yolg‘iz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj oilalardan hisoblanadi. Shuning uchun Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi va mahalla fuqarolar yig‘inidan tez-tez xabar olib turishadi.

Yusufbek aka 62 yoshda, Hikmatxon opa esa 61 yoshda. Ular qarilik nafaqasida bo‘lishsada, 4 sotix tomorqaga o‘zlari qarashadi. Chol-kampir bir-biriga suyanib tomorqalarini gullab yashnatish bilan mashg‘ul. 

 “O’qchi” mahallasida yashovchi Hikmatxon opa va Yusufbek aka mo‘jazgina tomorqasiga achchiq qalampir ko‘chati ekishni hadisini olishgan. Ular har bir sotix yerdan qo‘shimcha ikki million so‘mga yaqin daromad olishadi.

– Uyimizning tomorqasi bizning oltin xazinamizga aylangan – deydi, Hikmatxon opa biz bilan bo‘lgan suhbatda. – YEtishtirgan achchiq qalampir mahsulotimizni xalqimiz dasturxoniga tortiq qilayotganimizdan hursandmiz. Qalampir achchiq, lekin daromadi biz uchun “shirin” bo‘lmoqda.

Hikmatxon opa va Yusufbek aka har yili erta bahordan tomorqasida 4-5 xil qalampir mahsulotlarini yetishtirib, el dasturxoniga tortiq qilmoqdalar. Ular har sana tomorqasining 4 sotix qismiga qalampir ekishadi. Tomorqadagi turfa, bir-biridan chiroyli achchiq qalampirlarni xalq tili bilan aytganda “tuzlashadi” hamda urug‘likka sotishadi. Xaridorlar esa mahalladoshlari va o‘zimizning ichki bozorda. Xullas, tuzlamani ham, urug‘likni ham o‘z mijozlari bor. Ha aytgancha, Hikmatxon opani tuzlangan qalampirini bir ta’tib ko‘rgan odam, “yana bormi?” deya qaytib so‘raydi.

Mo‘jazgina tomorqada bir-biridan chiroyli qalampirlarni ko‘rib bahri dilingiz ochiladi. Qalampirlarning shakli biri guldastani esalatsa, yana biri qip-qizil gilosga o‘xshaydi. Xavasga termulasan beixtiyor. Ha, insonni qo‘li gul deb bejizga aytishmaydi-da.

– Chol-kampir ikkimiz qalampirni ishqiga tushib qolib, xonadonlarda kam ekiladigan 5 xil navini ko‘paytirdik, – deydi Hikmatxon opa. Juda serhosil bo‘lgani uchun undan daromad ham ola boshladik. Shunday qilib, 4 sotix yerga achchiq qalampir ekib, 5-6 million so‘mgacha daromad oldik. Biz shu yoshimizda uddalayapmizmi, demak qolganlar ham bemalol uddalay olishadi. Buning uchun tomorqadan unumli foydalanish kerak.

– Uyimizga kelganlar tomorqamizga havas bilan boqishganida charchoqlarim unutilib ketadi. “Muncha chiroyli, qayerdan olgansiz, qanday qarayapsiz?” degan savollarni eshitsam, yetishtirayotgan qalampirlarim haqida to‘lqinlanib gapiraman, huddi farzandini maqtagan onaga o‘xshab – deydi Hikmatxon opa.

Hikmatxon opaning aytishicha achchiq qalampir serhosil bo‘lar ekan. YEr tanlamas va ko‘p mehnat talab qilmas, asosan vaqtida suv berib, oziqlantirib, ishlov berilsa ko‘zlangan hosilni olish mumkin ekan. Shuning uchun ishtiyoqi bor odam u yoshmi, keksami bu ishni bemalol uddalay olarkan. Qisqasi odamda ishtiyoq va xohish, qolaversa biroz harakat bo‘lsa kifoya. Demak, hamma ishni boshlash va uddalash o‘zimizga bog‘liq ekan.

 










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram