Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHR VA SAXOVAT KUNI

×

 2023-09-30 17:00:04    549

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan “Mehr va saxovat kuni” doirasida Qo‘shtepa tumani hududida yashovchi bir guruh yakka yolg‘iz fuqarolarning holidan xabar olindi.    

Tashrif jarayonida Sohibkor MFYda yashovchi yakka yolg‘iz fuqaro Ikromjon Mirzayevning holidan xabar olinib, xovlisida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Shomirza MFY, Xurdiyor ko‘chasi, 8-uyda yashovchi Xalimaxon Qurbonovaga nogironlik aravachasi hamda ozik-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan Balandmasjid MFY, Shijoatkor ko‘chasi, 122- uyda yashovchi Abdurayimjon Tursunovning xolidan ham xabar olinib, unga nogironlik aravachasi topshirildi.

Berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan qulayliklardan hursand nuroniylar shukronalik ruhida qo‘llarini duoga ochishdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram