Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FOTOREPORTAJ: QO‘SHTEPADA “O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI“ BAYRAMI KENG NISHONLANDI
2023-09-30 11:30:56 509
Bugun Qo‘shtepa tumani markazidagi “Rayyon” tantanalar majmuasida “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport sohalarida uzoq yillar yosh avlod ta’lim-tarbiyasida beminnat xizmat qilgan faxriy ustozlar, yosh pedagog va murabbiylar ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirida so‘zga chiqqan tuman hokimi I.Novikov barcha o‘qituvchi va murabbiylarni samimiy muborakbod etib, keyingi yillarda mamlakatimizda xalq ta’limiga alohida e’tibor berilayotganligini, bundan pedagoglar nihoyatda mamnun ekanligini alohida ta’kidladi.
Bayram munosabati bilan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim sohasida olib borayotgan ishlari va mehnati uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan kontsert dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi.