Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

 “XON ATLAS” FESTIVALI DOIRASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI (FOTO)

×

 2023-09-28 12:08:28    1357

PDF yuklash
Chop etish



Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy matolarimizning muxlislari nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda topiladi. Darhaqiqat, bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shtepa Prezident maktabida “Xon atlas” festivali doirasida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda bunga yana bir bor guvoh bo‘lindi.

Tadbirda tuman hokimligi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasining mas’ullari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman hokimining o‘rinbosari M.Yuldasheva yorqin, nafis va serjilo xon atlas va qizlar o‘rtasida o‘zbekona kiyinish madaniyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Albatta bu tadbir yoshlarda O’zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazildi.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan tadbirda milliy an’analar, qadriyatlar asosida tumandagi chevarlar tomonidan atlas matosidan tikilgan liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga o‘zbek milliy matolari haqida tarixiy ma’lumotlar berilib, o‘quvchilarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.




















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram