Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIYLAR O‘RTASIDA SPORTNING SHAXMAT VA SHASHKA TURLARI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

×

 2023-09-27 07:57:30    520

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Sport va sog‘lom oila - sog‘lom bola va sog‘lom jamiyat” shiori ostida nuroniylar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, Nuroniylar jamg‘armasi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda asosiy e’tibor nuroniylarni e’zozlash, yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish hamda millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga qaratildi.

Musobaqa yakunidagi natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga tuman hokimligi hamda Mahalla hayriya jamoat fondining esdalik sovg‘alari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram