Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MUQADDASIM, MUNAVVARIM - ONA TILIM” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
2023-09-22 13:24:44 245
Qo‘shtepa tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sananing 34 yilligi munosabati bilan o‘quvchi yoshlarni Ona Vatanimiz hamda ona tilimizga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida “Muqaddasim, munavvarim - ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Maktabning faol o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ona tilimizni ulug‘lovchi she’r va qo‘shiqlar, milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan raqs hamda sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Tadbir so‘ngida Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan tayyorlangan kitoblar to‘plami maktab kutubxonasiga sovg‘a qilindi.