Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ILG‘OR TERIMCHILAR RAG‘BATLANTIRILMOQDA
2023-09-22 08:30:02 445
Paxta milliy boyligimizdir. Uni nes-nobud qilmasdan o‘z vaqtida terib olishlik esa xozirgi kundagi muxim vazifalardan hisoblanadi.
Shu bois Qo‘shtepa tumani paxtakorlari ham dalalarda javlon urib, paxta yig‘im terimida faol qatnashmoqdalar.
Xususan, T.Boboyev MMTPga qarashli “Jo‘rabek Qodir” fermer xo‘jaligi dalalarida ham terim mavsumi ko‘tarinki kayfiyatda olib borilmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbari A.Jo‘rayev tomonidan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shuningdek, ilg‘or terimchilar rag‘batlantirib borilmoqda. Kuni kecha ham ilg‘or terimchilar va hasharchilarga fermer xo‘jaligi tamonidan esdalik sovg‘alari berildi.