Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ILG‘OR TERIMCHI VA HASHARCHILAR RAG‘BATLANTIRILDI

×

 2023-09-12 13:43:52    442

PDF yuklash
Chop etish



Ayni kunlarda yurtimiz dalalarida paxta yig‘im-terim mavsumi avj pallaga kirib bormoqda. Ming mashaqqat bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olish maqsadida terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda. Xususan, Qo‘shtepa tumanida ham paxta hosilini yig‘ib olish ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda. Terimchilarga munosib mehnat sharoiti yaratilib, paxta dalalarida kontsert dasturlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, paxtani nest-nobud qilmasdan saranjomlab olishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ilg‘or terimchilar muntazam ravishda rag‘batlantirib borilmoqda.

Bugungi quyoshli kunlarning qadriga yetib mehnat qilayotgan terimchilar uchun Istiqbol MFY hududidagi “Turdaliyev Madaminjon” fermer xo‘jaligida ham madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan sho‘x kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ilg‘or terimchilar va hasharchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram