Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 7-MAKTABDA SINOV TARIQASIDA YAPONIYA TA’LIM TAJRIBASI TATBIQ ETILMOQDA
2023-09-11 18:39:24 492
Barchamizga ma’lumki joriy o‘quv yilidan Qo‘shtepa tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilmoqda.
Shu munosabat bilan 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yaponiya ta’lim tajribasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning holati bilan yaqindan tanish maqsadida tuman hokimi Ilyosbek Novikov, tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganov hamda Yaponiya ta’lim tajribasini Farg‘ona viloyatida sinov tariqasida tatbiq etish bo‘yicha viloyat hokimining maslahatchisi Goto Mikako, shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ullari mazkur maktabda bo‘ldilar.
Maskanda Yaponiya ta’limining o‘ziga xos jihatlari, xususan ta’lim jarayonini tashkil etishning samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha yetarli sharoitlar yaratilgan. O’quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni shakllantirish bosh g‘oyasi bo‘lgan Yaponiya ta’lim tizimi, yuqori bilim berish bilan birga, tozalikka rioya qilishni va sog‘lom turmush tarzini bolalikdan o‘rgatish, o‘quvchilarni yoshlikdan kasbiy ta’limga yo‘naltirish, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish kabi jihatlarni ham o‘z ichiga olgani bilan e’tiborlidir.
Mehmonlar maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lishdi.