Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NURONIYLAR PAXTA DALASIDA
2023-09-09 11:36:15 465
Paxta milliy boyligimiz. Uni nes-nobut qilmasdan, sovuq kunlarga qoldirmasdan o‘z vaqtida terib olishlik xozirgi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Dono xalqimiz esa “Hashar – elga yarashar” deb bejizga aytmagan. Shunga binoan xozirgi kunda oliy himmat insonlar dalalardagi hosilni uvol qilmasdan terib olishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
Xususan, Qorajiyda mahallasidagi nuroniylar ham paxta mavsumida ishtirok etishib, oq oltin xirmonini yuksalishida o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shmoqdalar. Paxta mavsumida faol ishtirok etayotgan nuroniylarimizga rag‘bat o‘laroq Mahalla va Nuroniy jamg‘armalarining sovg‘alari tarqatildi.