Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NOQONUNIY DINIY TA’LIM BERGAN SHAXSLAR ANIQLANDI

×

 2023-09-07 17:01:07    350

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, to‘liq diniy ma’lumotga ega bo‘lmay turib, diniy idoralar ruxsatisiz, yashash xonadonida hujra tashkil etib voyaga yetmagan bolalarga hamda hamqishloqlariga diniy adabiyotidan foydalanib, noqonuniy diniy ta’lim berayotgan 4 nafar fuqaro va tuman FXDYo bo‘limidan qonuniy ravishda nikohdan o‘tmagan shaxslarga noqonuniy nikoh o‘qigan 1 nafar shaxs aniqlangan edi.  

Bugun jinoyat ishlar bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi raisi R.Arapov tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda noqonuniy diniy ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullangan Soljonobod MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro O.I., “Fayz” MFYda yashovchi S.B., Do‘rmon MFYda yashovchi B.M., Farg‘ona tumani “Gulpiyon” MFYda yashovchi M.A. va tuman FXDYo bo‘limidan qonuniy ravishda nikoxdan o‘tmagan shaxslarga noqonuniy nikoh o‘qigan Sohibkor MFYda yashovchi X.U.larga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi va ularga nisbatan tegishli ma’muriy jazo qo‘llanildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram