Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TANISHTIRUV

×

 2023-09-06 13:52:34    399

PDF yuklash
Chop etish



Turdiyev Zuxriddin Raxmataliyevich O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qo‘shtepa tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Zuxriddin Turdiyev 1989 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.

Zuxriddin Turdiyev mehnat faoliyatini 2012 yili “Avtogaz servis” xususiy korxonasida boshlab, gaz operatori bo‘lib ishlagan. Shuningdek, faoliyati davomida ushbu korxonada hisobchi, “Vodiy avto gazta mir” MChJda bosh hisobchi hamda 2014 yildan boshlab Qo‘shtepa tumani Davlat soliq inspektsiyasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017-2018 yillarda viloyat Davlat soliq boshqarmasida ishlagan.

Tayinlovga qadar Langar mahalla fuqarolar yig‘inidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Oilali, turmush o‘rtog‘i – Qo‘shtepa tumanidagi 42-umumta’lim maktabida ishlaydi, uch nafar farzandi bor.

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram