Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRLANDI
2023-09-04 15:20:05 463
#Inson_qadri_uchun
Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni hamda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi Qatag‘on qurbonlari yodga olinmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov tumanimizdagi Qatag‘on qurbonlarining xonadonlarida bo‘lib, ularning avlodlari bilan uchrashdi. Ortiq qori Madaminov 1883 yili Qumtepa mahallasida tug‘ilgan. U yoshligidan arab, fors, rus tillariga qiziqqan, keyinchalik bu tillarni mukammal o‘rgangan. Ortiq qori Madaminovning 3 nafar farzandi bor. U 1935-36 yillarda ilmli ulamolar qatorida Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun qilingan.
Xerson viloyatiga surgan qilingan yurtdoshlarimiz o‘zbeklardan iborat kolxoz tuzib, dehqonchilik qilishgan. Xatto paxta ekishgan. 1940 yilning o‘rtalarida Ortiq qori Madaminov oqlanib, yurtimizga qaytib keldi. Yana odamlarga ilm o‘rgatish, ma’rifat tarqatish ishlariga bel bog‘ladi. Mahallada ko‘p kishilarga ilm berdi va asalarichilik bilan shug‘ullanib, 1951 yilda vafot etgan.
Tuman rahbari Ortiq qori Madaminov yashagan xonadonda bo‘lib, oila a’zolari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida bugungi tinch, osoyishta zamonga shukronalik keltirildi va o‘tganlar xotiralandi. Oila uchun oziq-ovqat mahsulotlari, esdalik sovg‘alari berildi.