Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADAGI MAKTABLARDA HAM BIRINCHI QO‘NG‘IROQ JARANGLADI

×

 2023-09-04 13:21:27    372

PDF yuklash
Chop etish


#Shukuh

Mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanidagi maktablarda ham “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi.

Tumandagi 40-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman hokimi Ilyosbek Novikov ishtirok etdi. 

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, “Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada ulkan islohotlar amalga oshirilayotganligi tuman rahbari tomonidan ta’kidlandi. 

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida boshlanayotgan 2023-2024 o‘quv yili ham maktab ta’limi tizimida yuksak o‘zgarishlar davri bo‘lishi belgilab berilganligi alohida e’tirof etildi. 

Tizimda olib borilgan islohotlar o‘tgan 2022-2023 o‘quv yili tuman maktabgacha va maktab ta’limida ham o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatganligi alohida qayd etildi. 

Tuman rahbari o‘quvchilar va ularning ustozlarini “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. Boshlanayotgan yangi o‘quv yilida ularga omad tiladi. 

Tadbir davomida maktabning 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirildi. 

Shuningdek, tuman hokimi Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilayotgan 7-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ham ishtirok etdi.

Tuman rahbari o‘quvchilar va ularning ustozlarini “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. Ustoz va murabbiylarning yosh avlodga bilim va tarbiya berishda kuch-quvvat, o‘quvchilarga chuqur bilim olishlari, kelajakda bilimli, ilmli bo‘lib kamol topishlariga g‘ayrat va shijoatlar tiladi.

Shundan so‘ng birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi. Maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan birinchi sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” topshirildi. 

Tuman hokimi 1-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Mustaqillik darsi” da ishtirok etdi. O’quvchilar va ularning ota-onalari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbat chog‘ida ta’lim sohasidagi dunyoning eng ilg‘or davlatlaridan biri bo‘lgan Yaponiya tajribasini tatbiq etish uchun tumanimizdagi 7-umumta’lim maktabi tanlab olinganligini, mazkur maktabda Yaponiya ta’lim tajribasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tuman rahbari o‘z navbatida o‘quvchilarga bugungi baxtli va farovon hayotni qadrlash, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish, buning uchun chuqur bilim olib, Yangi O’zbekiston ravnaqi uchun astoydil xizmat qilish, Vatanga munosib farzand bo‘lish lozimligini uqtirdi. 

 

















 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram