Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA 245 NAFAR O‘QUVCHIGA BEPUL MAKTAB FORMALARI, SUMKA VA O‘QUV QUROLLARI TOPSHIRILDI

×

 2023-08-31 21:18:53    447

PDF yuklash
Chop etish



#Bayram_tuhfasi

Qo‘shtepa tumanida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan xayru-saxovat tadbirlari keng quloch yoymoqda. Bayram arafasida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga maktab formalari, sumka va o‘quv qurollari olib berildi.

Avval xabar berganimizdek, tumandagi “GLOBAL TEXTILE SOLUTIONS” MChJ xomiyligida olingan maktab formalari, sumka va o‘quv qurollari mahallalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarning 70 nafar farzandlariga yetkazib berilgan bo‘lsa, bugun yana bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.

Tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda xomiylar tomonidan olingan maktab formalari, sumka va o‘quv qurollari mahallalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarning 175 nafar farzandlariga bepul yetkazib berildi.

“Farg‘ona hududiy elekt tarmoqlari” AJ, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tuman bo‘linmasi mazkur ezgu ishga munosib hissa qo‘shdilar.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, bolalar va ularning ota-onalari bilan dildan suhbatlashdi.

Bunday e’tibor shu toifadagi oilalar farzandlari uchun istiqlol ayyomi hamda yangi o‘quv yili oldidan munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.







 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram