Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM ARAFASIDA KO‘NGILLAR SHOD ETILMOQDA

×

 2023-08-31 14:39:28    272

PDF yuklash
Chop etish



#Bayram_shukuhi

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan mahallalarda tashkil etilayotgan shukronalik tadbirlari davom etmoqda. Jumladan, “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostidagi bayram tadbirlari bugun Borot, Paxtakor, Garmdon mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi uchun Borot MFYda hamda Qiyqi va Karnaychi mahallalarida tashkil etildi. Tadbirda mahalla ahliga bayram dasturxoni yozilib, osh tortildi.

Tadbirda tumandagi sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tuman hokimi I.Novikov barcha ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida mahallalarning jonkuyar faollariga tuman hokimining “Tashakkurnoma”si hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan tayyorlagan musqiy dastur esa barchaga birdek yuqori kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar xolidan xabar olinib, oziq-ovqatlar va osh tarqatildi.







 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram