Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KO‘P TARMOQLI SAVDO MAJMUASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-08-26 13:24:28    478

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani markazidagi Shodlik MFY hududida qisqa muddatlarda qurib bitkazilgan “Rayyon” ko‘p tarmoqli savdo majmuasi bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkillangan tantanali marosimda tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirkor Baxodirjon Mo‘minov tashabbusi bilan zamonaviy tarzda barpo etilgan, loyiha qiymati qariyb 3,5 milliard so‘mni tashkil etadi. 750 o‘rinli ushbu majmua tuman aholisi uchun to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Majmuaning to‘la ishga tushishi jami 20 nafar ish o‘rni yaratilishiga omil bo‘ldi.

– Yangi savdo majmuamiz tumanimiz markazining yanada ko‘rkam va fayzli ko‘rinish olishida ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shganidan mamnunmiz, – deydi biz bilan suhbatda tadbirkor Baxodirjon Mo‘minov. – Majmuamiz ish boshlashi bilan bu yerda 20 nafar ishsiz aholi ishli bo‘ldi. Nasib qilsa, faoliyatimizni kengaytirib, yana ko‘p yillar xalqimiz xizmatida bo‘lishga niyat qildik. Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy qutlayman. Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram