Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSTAQILLIK SHODIYONASI QO‘SHTEPADA KENG NISHONLANDI (FOTO)

×

 2023-08-25 22:02:57    490

PDF yuklash
Chop etish



Bugungi kunda mamlakatimizning turli hududlarida “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi” bayramiga bag‘ishlab bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Qo‘shtepa tumanidagi “Madaniyat markazi”da mamlakatimiz bo‘ylab “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida keng nishonlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan tadbir chinakam xalq sayliga aylandi. Qo‘shtepalik hunarmand va tadbirkorlar, ta’lim muassasalari o‘zlarining mahsulotlari, qo‘l mehnatlaridan namunalarni namoyish etishdi. Sayldan so‘ng  tadbirning ikkinchi qismi boshlandi.

Musiqiy tadbir O’zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Madhiya ijrosidan so‘ng bayramni Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov kirish so‘zi bilan ochdi. Ilyosbek Novikov tadbir ishtirokchilarini va tuman ahlini mustaqillik bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.

Shundan so‘ng tadbir stsenariysidan o‘rin olgan turli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bayram tadbirida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari, maktab o‘quvchilari va MTT tarbiyalanuvchilari, shuningdek, yurtimizning taniqli san’atkorlari O’zbekiston xalq xofizi Ilxom Ibroximov, Nuriddin Asqarov, Otabek Muxammadzoxid, Boxodir Mamajonov, Izzatbek Qo‘qonov, Qodirjon Axmedov, Tohir va Zuhra guruhi, “Shuxrat” medali soxibi Shoira Nazarovalar ishtirok etishib, o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarni xushnud etishdi. Bayramona kayfiyatdagi tumanimiz aholisi ushbu jozibador kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, madaniy xordiq chiqardilar.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram