Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HIMMATINGIZGA BALLI O’QCHILIKLAR!

×

 2023-08-23 08:51:38    447

PDF yuklash
Chop etish



O’qchi MFY hududidagi Yangi Farg‘ona ko‘chasining 300 metrdan ziyod qismi hashar yo‘li bilan asfaltlashtirilmoqda

Qo‘shtepa tumanidagi O’qchi mahallasida saxovatli insonlar juda ko‘p topiladi. Bir necha yildirki mahalla ahli har yili bir an’anani davom ettirib kelishmoqda. An’anaga ko‘ra saxovatli va oliy himmat insonlar yil davomida ko‘ngildan chiqqanini o‘rtaga tashlab to‘plashadi. Yig‘ilgan pulga esa sektor rahbari bilan maslahatlashib hashar uyushishtirishdi. Ular har yili oz bo‘lsada mahalladagi suv, yo‘l, elektr bilan bog‘liq muammolarni imkon qadar o‘zlari hal etishga harakat qilishadi.

Aslida, O’qchi mahallasida ham birinchi darajali muammolarni bartaraf etish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratish borasida davlatimiz tomonidan eng dolzarb masalalarni yaxshilash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Lekin, yuqorida ta’kidlaganimizdek mahalla ahli ham bir chetta qarab turmay, bunyodkorlik ishlarida o‘z xissalarini qo‘shishmoqda.

Bu yil ular Yangi Farg‘ona ko‘chasining 300 metrdan ziyod qismini mahallada yig‘ilgan xomiylik mablag‘lari evaziga, hashar yo‘li bilan asfaltlashtirishmoqda. Ayni kunlarda esa ushbu jarayon o‘z nixoyasiga yetmoqda.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram