Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-08-21 16:10:54    252

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi Qumtepa bozorining orqa tomonida joylashgan Eshonguzar mahallasini bozor bilan bog‘lovchi yo‘lda aholiga ichimlik suvi tortilayotganligi uchun haftaning payshanba va yakshanba kunlari avtomobillar harakati serqatnovligi natijasida turli noqulayliklar kelib chiqayotganligi haqidagi murojaat e’lon qilindi.

Joriy yilda Qo‘shtepa tumanidagi Eshonguzar MFY hududida O’zbekiston Respublikasi Prezedentining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4898-sonli qaroriga ko‘ra 19 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish va boshqa bir qancha ishlarni bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda pudratchi tashkilot “Barkamol temir butlash” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganligini va qurilish ishlari qisqa muddat ichida o‘z nihoyasiga yetkazilishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram