Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LOYSONLIK YOSHLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI

×

 2023-08-19 09:35:51    415

PDF yuklash
Chop etish



Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona yurtga sadoqat, mard va jasur qilib kamolga yetkazish bugunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu bois, bu boradagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini jadallashtirish o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ayniqsa "Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi va og‘ir toifadagi yoshlarning hayotda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish muhim masala hisoblanadi.

Kuni kecha Loyson MFY hududidagi og‘ir toifadagi yoshlarga o‘z-o‘zini band qilishlari uchun Qo‘shtepa tumani Yoshlar ishlari agentligi va mas’ullar tomonidan subsidiya asosida asbob-uskunalar hamda mehnat qurollari topshirildi.

Jumladan, Dilmurod Toyirjonovga motokultivator, Xusnida Ismoilovaga tikuv mashinasi hamda Zuxra Valijonovaga kampyuter berildi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor, har bir o‘g‘il-qiz taqdiri davlatimiz nazoratida, e’tiborida ekanligidan dalolat.

 



 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram