Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2023-08-17 15:57:38 243
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani Sohibkor MFY Zumrad ko‘chasining 70 metr qismi asfalt qilinmay tashlab ketilganligi haqidagi murojaat e’lon qilindi.
Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Sohibkor MFYda O’zbekiston Respublikasi Prezedentining 408-sonli qaroriga asosan 2023 yilda 5573 metr ichki yo‘llar asfaltlashtirilgan. Shundan Zumrad ko‘chasining asosiy qismidan 110 metr qismi asfaltlashtirilgan. Murojaatda ko‘rsatilgan 70 metr masofa oraliq ko‘cha bo‘lib, ushbu ko‘chada faqat fuqaro M.Yakubovaning xonadoni joylashganligi, ko‘chaning qolgan qismida esa aholi yashamasligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaroning yashash uyidan chap tomonda 5 metrdan keyin asfalt yo‘l o‘tgan bo‘lib, murojaatda ko‘rsatilgan ko‘chaning 70 metr qismini shag‘allashtirish zarurligi aniqlandi va murojaatchiga ko‘chasini shag‘allashtirish bo‘yicha tushuntirish berildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.