Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZINI-O‘ZI BAND QILMOQCHI BO‘LGAN XOTIN-QIZLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
2023-08-17 12:28:30 471
#Inson_qadri_uchun
Qo‘shtepa tumanida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratib berish choralari ko‘rilmoqda. Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi ishsiz bo‘lgan xotin-qizlarning 12 nafariga Mahallabay ishlash agentligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida zamonaviy tikuv tikuv mashinalari yana 2 nafariga pishiriq pechlari topshirildi. Bu orqali ularning bandligi ta’minlandi. Tumanimizda yashovchi bichish-tikishning hadisini olgan, ammo shu kungacha ro‘zg‘oridan orttirib tikuv mashinasini xarid qila olmayotgan xotin-qizlar uchun bu bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek mahallalarning hokim yordamchilari ishtirok etishdi.