Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL QILISH BO‘YICHA VILOYAT ISHCHI GURUHI TOMONIDAN QO‘SHTEPA TUMANIDA TADBIRKORLAR UCHUN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

×

 2023-08-07 18:14:25    361

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tadbirkorlarning tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishga ko‘maklashish, muammo va murojaatlariga qonuniy yechim topish maqsadida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

Tumanimizda turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan 60 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etgan qabul davomida viloyat hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Iqboljon Ergashev, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Axmadjon Yunusov, Biznes-ombudsman Farg‘ona viloyati vakili Murodjon Po‘latov hamda tuman hokimi Ilyosbek Novikovlar tomonidan murojaatlar birma-bir tinglandi.

Ishbilarmonlar asosan ishlab chiqarish faoliyatlarini kengaytirish uchun tijorat banklaridan kredit olish, kichik sanoat zonalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, kadastr, elektr va boshqa bir qator masalalarda mas’ullarga yuzlandilar.

Murojaatlar viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mas’ul shaxslar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularning ayrimlariga qabul jarayonining o‘zida yechim topildi. O’rganish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan muammolar yuzasidan esa tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qabulda qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram