Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’OLIBLAR TAQDIRLANDILAR

×

 2023-08-02 13:54:18    291

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Yoshlar markazi”da O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarii to‘g‘risida” gi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash hamda tumandagi ijtimoiy soha vakillari o‘rtasida kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasini rivojlantirish, ularning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yinining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O’tkazilgan bellashuvda 1-o‘rinni umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoasi, 2-o‘rinni tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi, 3-o‘rinni maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoasi egalladi.

G’oliblar Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasining maxsus diplomi hamda tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram