Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’QCHILIKLAR YASHIKCHILIK ORQASIDAN RO‘ZG‘ORI BUTLIGI, OILASI FAROVONLIGINI TA’MINLASHMOQDA

×

 2023-07-19 09:48:20    475

PDF yuklash
Chop etish



“Bir mahalla – bir mahsulot”

Qo‘shtepaning O’qchisi yashikchilar mahallasi sifatida tanilgan. Qishloqning rivojlanish drayveri hisoblangan yog‘ochni qayta ishlash bilan aholi yilning barcha fasllarida shug‘ullanadi.

Mazkur hududdagi qay bir xonadonga kirmang, yashik tayyorlash bilan shug‘ullanayotgan yoshu qariga ko‘zingiz tushadi. Eng asosiysi, ushbu mehnat orqasidan ro‘zg‘ori butligi, oilasi farovonligini ta’minlayotganlar ko‘p.

Shu mahallaning “Yangi Farg‘ona” ko‘chasida yashovchi Ikromjon Axmadjonov bundan 3 yil avval “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘ldi. Yurtimizda hunarmandlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanib, bankdan 30 million so‘m imtiyozli kredit oldi. Mahalladoshlari singari yashikchilik faoliyatini tashkil etib, o‘z xonadonida oila a’zolari va mahalla yoshlarini ish bilan ta’minladi.

Bundan tashqari Ikromjon Axmadjonov qisqa fursat ichida kasanachilik faoliyatni ham yo‘lga qo‘ydi. Mahalladagi 20 nafar ayollar o‘z uylarida yashik tayyorlash bilan shug‘ullanishadi. Bir kunda bitta ayol o‘rtacha 200 tagacha yashik tayyorlaydi va kunlik 120-150 ming so‘m daromad topishadi.

Qisqasi, bugun respublikamiz miqyosida ommalashtirilib, hayotga tatbiq etilayotgan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili O’qchi mahallasida ancha yillar oldin boshlangan.





 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram