Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
80 TA CHIN YETIM VA DAVLAT G‘AMXO‘RLIGIGA MUHTOJ BO‘LGAN “OG‘IR” TOIFADAGI YOSHLARGA BEG‘ARAZ BUG‘DOY TARQATILDI
2023-07-07 16:39:27 281
Qo‘shtepada xayrli va savobli amallar ko‘tarinkilik hamda uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
Bu yilgi g‘alla xirmoni barokatli amallarga boy bo‘lmoqda. Gektarlardan mo‘l hosil yetishtirgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarga hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqarolarga bug‘doy, shuningdek, xo‘jalik uchun zarur mahsulotlarni beg‘araz tarqatish, moddiy yordam berish an’analari Qo‘shtepa tumanida keng quloch yoydi.
Shu kunlarda tumanimizdagi yuzlab xonadonlarga to‘kin-sochinlik, rizq-ro‘z, xayr-baraka kirib borib, xayrli va savobli amallar ko‘tarinkilik hamda uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Jumladan, bugun Qo‘shtepa Farg‘onadon filialining omborida yana shunday xayrli tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. 2023 yil g‘alla hosili yig‘imi davomida tumandagi g‘alla yetishtiruvchi fermerlar, g‘allachilik klasterlari tomonidan o‘z ehtiyojlaridan ortgan don mahsulotlarini 51 ta mahallalar kesimida chin yetim va davlat g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lgan “og‘ir” toifadagi yoshlarga yetkazib berish maqsadida xayriya tadbiri uyushtirildi.
Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Bu yilgi g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargan Qo‘shtepalik fermerlar tomonidan tumandagi 80 ta chin yetim va davlat g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lgan “og‘ir” toifadagi yoshlarga beg‘araz bug‘doy tarqatildi. Ajratilgan bug‘doylar yoshlar yetakchilari tomonidan belgilangan manzillarga yetkazib berildi.
Bunday savobli ishlar tumanimizning barcha hududlarida keng ko‘lamda davom etmoqda.