Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLAR QABULIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA

×

 2023-07-04 14:50:58    461

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Xalq qabulxonalari elning birdamligi va hamjixatligiga xizmat qilmoqda

Mamlakatimiz rahbarining “Odamlarimiz isloxotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o‘z hayotida his etishlari zarur”, degan hayotbaxsh g‘oyasi bugungi kunlarda o‘zini to‘liq oqlamoqda. Aytganlarimiz Prezidentimiz asos solgan xalq bilan muloqot tizimining amaliy natijalari, joylarda tashkil etilgan Prezident Xalq qabulxonalari faoliyati asosida o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, najot kutayotgan insonlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar asosida ham o‘z isbotini topmokda.

Qo‘shtepa tumani aholisi murojaatlari bilan ishlab kelayotgan Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan ham kelib tushayotgan murojaatlar va ularning yechimini topish choralari zudlik bilan ko‘rilmoqda.

Xususan, xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, xalq qabulxonasining mudiri tomonidan haftaning har seshanba kuni Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan qabul davomida 3 nafar fuqaroning murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Jumladan, Shodlik MFY Zafarobod ko‘chasi, 13-uyda yashovchi Shirin Ismoilova, Yangiariq MFY Obod yurt ko‘chasida yashovchi Odina Ahmedova, Qumtepa MFY, Latif ko‘chasi, 238-uyda yashovchi Dilshoda Alibekovalarning murojaatlari qanoatlantirilib, ularning har biriga saxovatpesha xomiylar tomonidan 5 million so‘mdan moddiy yordam berildi.





 

 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram