Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KAM TA’MINLANGAN, EHTIYOJMAND OILALARGA AMALIY YORDAM BERILDI

×

 2023-07-04 11:53:40    463

PDF yuklash
Chop etish



#Inson_qadri_uchun

Qo‘shtepa tumanida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir ahvoldagi bemorlarni sog‘ligini tiklashlari uchun ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.



Jumladan, tuman Xalq qabulxonasiga kelib tuman hokimi va sektor rahbarlariga onasining ijtimoiy ahvoli og‘irligini, sog‘lig‘i yomonligini ma’lum qilib, amaliy yordam berishni so‘ragan Kichik beshkapa MFYda yashovchi Dilbarxon Sodiqova hamda qizining nikoh to‘yini o‘tkazish uchun yordam so‘ragan Yo‘ldoshobod MFYda yashovchi Maloxatxon Qambarovalarning murojaatlari ijobiy xal etildi. Tuman hokimi Ilyosbek Novikov hamda sektor rahbarlari ko‘magida ushbu ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ajratib berildi.

Tumandagi “Istiqlol baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Adhamjon Ahmedov, “Fayzli Odil Mahmud” fermer xo‘jaligi rahbari Javlonbek Abduvaliyev hamda “Sherzodbek” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzodbek To‘xliyevlar tomonidan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Dilbarxon Sodiqova hamda Maloxatxon Qambarovalarga jami 20 million so‘m moddiy yordam berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram